O’qituvchi: Anvar, nega sen maktabga xar kuni kechikib kelasan? Anvar: Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin muyulishdagi << maktab! Tezlikni sekinlat!>> yozuvga ko’zim tushib qoladida. Xola: Hoshim tarixdan imtixonni yaxshi topshirib oldimi? Ona: Koshkiedi…Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o’zi tug’ilmasdan oldingi bo’lib o’tgan voqealarni haqida so’rashibdi, shuyam adolatdanmi? O’qituvchi bolalarga yil fasllari haqida tushincha bermoqda: <>. So’ngra savol berdi: Sardor, qani aytchi, olma yeyish uchun qachon eng yaxshi payt xisoblanadi? Qachonki bog’da hech kim bo’lmasa, it ham bo’lmagan bo’lsa, mazza qilib olma yeyish mumkin. O’qituvchi: Valijon, Vatan bu nima? Vali: Vatan-bu o’rmonlar, dalalar, daryolar, bog’lar… O’qituvchi: Yo’q, sen yanglishding, Vatan-bu sening onang. Qani endi Allijon sen aytchi Vatan nima ekan? Alli: Vatan- bu Valinging onasi ekan. O’qituvchi: Yo’q sen ham yanglishding, Vatan- bu sening ham onang. Tushundingmi? Alli: Ha, tushundim. O’qituvchi: Nimani tushinding? Alli: Men ham Valini ukasi ekanligimni. O’qituvchi: Bizning oxirgi tishlarimiz qanday nomlanadi O’quvchi: Sun’iy
|