Пт, 2024.11.15, 09.36
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Сентябрь » 9 » QISH TUNIDAGI QOTILLIK
QISH TUNIDAGI QOTILLIK
09.36
QISH TUNIDAGI QOTILLIK
Bu gaplarni aytgan Olga kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi. Dahanaki jang­dan keyin ayollar bir-birlarini urib, sochlarini yulishdi. Jahli chiqib, yomon kayfiyatda hansirayotgan Eminaning qonga to‘lgan ko‘zlari stol ustida yotgan qizil dastali pichoqqa tushdi. U pichoqni olib, Olganing qorniga sanchganini bilmay qoldi... Raqibi ingrab, bukchayib qolganida qo‘rqib ketdi.

Qizil dastali pichoqning qizil qonga belangani haqida
O‘sha tunda fojia ro‘y bermasligi mumkin edi. Noxush hodisa badmastlik tufayli sodir bo‘lganligini qotillikka qo‘l urgan Emina keyinroq kayfi tarqaganda anglab yetdi. Ular begona emasdilar. Bir-birlarining uyiga tez-tez borib turishardi. Tubanlik qo‘ynidagi betartib turmush tarzi, iboli, hayoli ayollarga munosib xatti-harakatlar doirasidan chiqib ketgan qadrdonlar goho o‘zlari, gohida erkaklar davrasida aroq ichib, kayf-safo qilishardi. O‘zlaricha dunyoning lazzatini yashash tarzida topa olgan tor tafakkurli ayollar bunday maishatparastlikning oqibati voy bo‘lishini xayollariga ham keltirmasdilar.
2005 yil 4 dekabr kuni Emina uydaligida tanishi Muhammad kelib, mehmondorchilikka taklif qildi. Borishga rozilik bildirgan
E. Ibragimova o‘sha kuni uyiga kelgan dugonalari Lyuda va Ninani ham Muhammadnikiga boshlab ketdi.
Mehmonlar avtobusda yetib borishganida soat 15 ga yaqinlashgan edi. Muhammad tug‘ilgan kunini nishonlayotgan ekan. To‘kin dasturxon atrofida joy egallashdi.
“... Bu yerga kelayotganimizda yo‘lda uyimga borib turadigan Olga Lugovaya uchrab qoldi. U o‘zini ham ziyofatga olib ketishimni so‘raganida yaxshiyam inkor qilganim. Bo‘lmasa, bu yerda ko‘proq aroq ichib qo‘yib, mast bo‘lib olib, o‘rtada janjal chiqarardi”, deya xayolga berildi Emina.
Tungi soat 1 gacha ziyofatda o‘tirib, Muhammadga atalgan tilaklar uchun ketma-ket qadah ko‘targan ayollar uylariga ketishga taraddudlanishdi.
Mehmonlar tashrifidan quvongan uy egasi M. Bobobekov ularni o‘z manzillarigacha kuzatib qo‘yishni lozim topdi va taksi yolladi.
...Kayfi borligidan ko‘zlari suzilib, oyoqlari go‘yo yerga tegmayotgan Emina o‘z xonadonidagi betartiblikni ko‘rib, fig‘oni falakka chiqdi. Buning ustiga Olga Lugovayaning Rayim degan yigitni boshlab kelgani kayfiyatini buzdi. U chaqirilmagan mehmonni quvib chiqardi. Bu albatta, Olganing ko‘ngliga og‘ir botdi.
— Uyni nega to‘zitdilaring?! — deya so‘radi E. Ibragimova xolasi Lyudadan. U qizi Jamila yordamida xonalarni tartibga keltirdi.
Muhammad uyiga qaytib ketmagan ekan.
— Mana bu aroqni tug‘ilgan kunim shodiyonasiga borolmaganlar uchun olib keldim, — dedi u.
Stol atrofiga yana jamlanishdi. Qadahlar yana ketma-ket to‘ldirilganidan keyin aroq o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kayfi oshib qolgan Emina Muhammadga qarab suzildi.
— Men juda sovqotib ket­yapman. Yur, anavi xonaga kirib, birga yotib, dam olamiz.
Muhammad taklifni qabul qildi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas eshik taqilladi. Keyin Olga kirib, kamzulini olib berishlarini so‘radi. Emina uning iltimosini bajardi. Yana besh daqiqadan so‘ng eshik taqillaganida uy bekasi vajohat bilan dahlizga chiqdi. Olgani ko‘rib, badtar tutaqdi. Baqir-chaqir boshlandi. Ularni ajratganida bir mash’um fojianing oldi olingan bo‘lardi. Tortishuv tafsiloti quyidagicha:
— Olga, mening dam olishimga xalaqit beryapsan. Borib uxlasang-chi, — dedi Emina.
— Sen o‘zing muncha katta ketyapsan? Nima, menga xo‘ja­yinmisan?
Bu gaplarni aytgan Olga kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi. Dahanaki jang­dan keyin ayollar bir-birlarini urib, sochlarini yulishdi. Jahli chiqib, yomon kayfiyatda hansirayotgan Eminaning qonga to‘lgan ko‘zlari stol ustida yotgan qizil dastali pichoqqa tushdi. U pichoqni olib, Olganing qorniga sanchganini bilmay qoldi... Raqibi ingrab, bukchayib qolganida qo‘rqib ketdi. Baqir-chaqir, shovqindan uyg‘onganlar ularning atrofiga to‘planishdi.
Yugurgilab kelgan Lyuda xola jiyaniga taajjublanib tikildi.
— Nima gap?!
— Men Olgani pichoqlab, yarador qilib qo‘ydim!.. — dedi qaltiroq ovozda Emina.
Lyuda xola va Jamila Olgani karavotga yotqizishdi.
— Hozir “tez yordam” chaqiramiz!
— Ahvolim yaxshi, — dedi Olga, — tinch qo‘yinglar, men uxlashim kerak.
Ayollar qo‘llaridan kelgancha jarohat joyiga malham qo‘yishga harakat qilishdi.
“... O‘ng chov sohasi qorin bo‘shlig‘iga o‘tmagan, kesilgan — sanchilgan yarasi, chov sohasi, qorin parda orti tomirlarining shikastlanishi, tash­qi qon ketish, qon ketishdan keyingi o‘tkir kamqonligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kabi asoratlari bilan o‘limga olib kelgan”. (Sud tibbiyot ekspertizasining 2005 yil 15 dekabr­dagi 25-sonli xulosasidan).
Olga Lugovaya hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari tufayli dunyodan bevaqt ko‘z yumdi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan Emina Ibragimova o‘z qilmishi tufayli 7 yil ozodlikdan mahrum etildi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘taladigan bo‘ldi.
Olga Lugovaya tubanlikda kechirilgan turmush tarzi tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Lekin Emina (kayfi tarqagan bo‘lsa) arzimagan sabab bilan o‘chakishib, bir insonning umr shamini erta so‘ndirganidan aziyat chekarmikan? Agar vijdoni bo‘lsa, u hali ko‘p azob chekadi.
Категория: Maqolalar | Просмотров: 1145 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]