Пт, 2024.11.15, 09.21
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Сентябрь » 9 » TURKIYALIK KUYOV JAVOBGARLIKKA TORTILDI
TURKIYALIK KUYOV JAVOBGARLIKKA TORTILDI
09.32
TURKIYALIK KUYOV JAVOBGARLIKKA TORTILDI

2005 yil 28 oktyabrda Turkiya fuqarosi Kalpakchi Kurshat o‘z yurtida nufuzli sanalgan «Yeser» firmasining Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida faoliyat olib borayotgan tarmog‘iga haydovchi sifatida ishga keladi.
Kunlarning birida u Sardoba dehqon bozorida Sarvinoz ismli qiz bilan tanishib qoladi.
Shu uchrashuvdan keyin munosabatlar mustahkamlanib, Kalpakchi Kurshat Sarvinozga uylanishga qaror qiladi. Sarvinozning onasi qiz 15 yoshda bo‘lishiga qaramay, bu bitimga rozi bo‘ladi va qizning yoshini katta ko‘rsatib, 2005 yil 10 dekabr kuni shar’iy nikoh o‘qitiladi. To‘g‘ri, O‘zbekiston qonunlarida barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga ega. Lekin Oila Kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalirini qayd etish organlarida tuziladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, shar’iy yo‘l bilan, diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Shuningdek, mamlakatimizda nikoh yoshi kuyovlikni ixtiyor etgan erkaklar uchun o‘n sakkiz, kelinlik rutbasiga rozilik bildirgan qizlar uchun 17 yosh deb belgilangan. Faqat uzrli sabablar bo‘lgandagina, alohida hollarda nikoh yoshi nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra ularning nikohi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman(shahar) hokimi tomonidan ko‘pi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin.
Oila — hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga mamlakat qonunlarini hurmat qilishga undaydigan tarbiya o‘chog‘i hamdir. Sarvinozning onasi hali voyaga yetmagan farzandini xorijlik fuqaroga nikohlab bergani hokimiyat mas’ullarini hamda mahalla oqsoqollarini tashvishga soldi. Bunday xufiya nikohdan xabari yo‘q ichki ishlar xodimlari va o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari Sarvinoz yashayotgan uyga kirib kelishganda ular to‘shakda yotgan edilar. Turkiya fuqarosi Kalpakchi Kurshatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 1-qismi qo‘llanilib javobgarlikka tortildi. Sarvinozning onasiga nisbatan esa ma’muriy chora ko‘rildi...
Hurmatli gazetxon, mana, voqeadan boxabar bo‘ldingiz, qolgani sizga havola: o‘zingiz mushohada yuritib ko‘ring, xulosani ham o‘zingiz chiqarasiz.

Категория: Habarlar | Просмотров: 967 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 sahs  
0
"El Amente Turco"

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]