Bugun mashhur Alc telekompaniyasing direktori va taniqli "bambr show " ko'rsatuvining olib boruvchisi Shuhrat Bobojonovning tugilgan kuni . U bugun 43 bahorini yoki yozini nishonlayapti. Hozirda o'oz faoliyatini ozodlik radiyosida muhbir bolib davom ettirayotgan Shukhrat akaga butun qarindosh urug'lari, kasbdoshlari va shu qatorda qizlari Nodira va Anahon, jiyanlari Jahongir Va suhroblar nomidan shu sherimizni bu buyuk zotga armug'on qilamiz. Ota (Armonim bor) Armonim bor, bu dunyoda armonim bor, Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor. Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda, Yonib yashab o'tmagan otajonim bor. Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar, Kunim yonar, oyu yilim yonaverar, Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar, Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor. Esaversin jannatlardan kelgan nasim, Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim, Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim, Ruhimni allalab yotgan jahonim bor. Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar, Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar, Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar, Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor... Men otamdan qolgan erkin sado-sasman, Qonimga yot navolarga qayrilmasman, O'lgunimcha endi undan ayrilmasman - O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor. Armonim bor, bu dunyoda armonim bor, Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor, Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
|