Bugungu kunda dunyoga tanilgan pop musiqa yulduzi Shohsanam Qilichova 1968 yilda o’zbekistonning Urganch shahrida tug’ildi. Shohsanam ko’p bolali oylada katta bo’ldi. U to’qqiz farzandlik oilada sakkizinchi farzand edi. Onasi (marhum) Sultonposhsha opa bog’cha tarbiyachisi bo’lib ishlar, otasi esa duradgorlik bilan shug’ulllanar edi. Shohsanam o’z tengqurlari qatori ko’chada o’ynash o’rniga, otasining duradgorlik ustahonasida yog’och randaladi. O’ninchi sinfni bitirgach, Shohsanam Urganchdagi Pedagogika Institutining rus tili fakultetiga o’qishga kirdi. 15 -16 yoshlarida O’zbekistonning taniqli sanatkorlaridan raqs va musiqa darslarini oldi. Shohsanam o’zbek musiqa ustasi Rustam Yusupovdan va ustoz Po’lat Ollohberganovdan O’zbek san’ati musiqasining darslarini oldi. Opalari to’ylarida raqs tushayotgan bir paytda u pop yonalishida qo’shiqlar aytdi. Professiyonal sahna hayotini 16 yoshida boshlagan Shohsanam, Urganchdagi SABO Estrada ansamblda yakkahon ashulachi bo’lib ishtirok etdi. 1991 yilda o’tkazilgan Botir Zokirov qoshiq musoboqasida sovrin oldi. Osha yili Olmaotada o’tkazilgan “Osiyo tovushu” musobaqasida ishtirok etdi. Ayni paytda Shohsanam bilan kinochilar qiziqa boshladi . 1991 yilda kino rejissiyor Ali Hamrayev Shohsanamni o’zi suratga olgan “Kim jinni” filmiga taklif qildi. “Kim jinni” filmidagi muvofaqiyatdan so’ng Shohsanam o’zbek filmda suratga olingan “Gunoh” filmida rol ijro etdi. 1991 yilda Turkiyaga konsert bilan borgan Shohsanam orqaga qaytmaslikga ahd qildi. Shohsanamning bu qarorini ozbek rejimi maqullamadi. Xorazm viloyat IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Shohsanam Qlichovaga qarshi jinoiy ish ochdi. Shohsanam Xorazm viloyati filarmoniyasinig musiqa asboblarini o’girlaganlikda ayblandi. Aslida o’zbek rejimi siyosatga aralashgani uchun Shohsanamdan o’ch olayotgan edi. Shohsanamning 1989 yilda muholifat namoyishida qo’shiq aytgani tazyiqlarning asosiy sababi edi. Mana 15 yildan beri Shosanamga O’zbekistonga qaytishga ruhsat berilmayapti. Hatto u onasining janozasiga ham bora olmadi. Ammo Shohsanam Turkiyada pop yulduzi sifatida nom chiqardi. 1997 yilda “Sayyoh” nomi bilan chiqarilgan ilk albomi 68 milliyon turk musiqa ihlosmandlari tomonidan olqishlar bilan qarshilandi. Maryamjon Bobojonova
|